2001 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan va Vazirlar Mahkamasining temir yo'l transportini isloh qilish bo’yicha Davlat dasturiga muvofiq, "O'zbekiston temir yo'llari" davlat unitar korxonasi, 100% davlat ulushi bo'lgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatga aylantirildi.
Sohaning asosiy vazifalari yagona temir yo'l transport tarmog'ini modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish, qatnayotgan temir yo’l texnikalarni yangilash va o'zining ta'mirlash bazasini yaratish, dunyo bozoriga chiqish uchun imkon beradigan muqobil transport yo'laklarini izlab topish, tranzit yuk va boshqa qo'shimcha hajmlarini jalb qilish va h.k. belgilab berilgan.
Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan. Shu bilan bir vaqtda, tovar-yuk va yo'lovchilar tashish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, yo’lovchi va yuk jo’natuvchilariga transport-ekspeditorlik va servis xizmatini ko’rsatuvchi, turli hil servis kompaniyalari va h.k.lar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil qilinishlari va raqobat asosida faoliyat olib borishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PQ-4720 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 2015 yil 3 apreldagi kompaniya Kengashi va yagona aksioner umumiy yig’ilishida «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksionerlik temir yo’l kompaniyasi «O’zbekiston temir yo’llari» Aksiyadorlik Jamiyatiga o’zgartirildi.
Ayni paytda, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yig’ma balansida infratuzilma va harakatlanuvchi tarkib (yuk vagonlari va lokomotivlar) bo’lganligi sababli vertikal integrashlashgan jamiyat hisoblanadi.
Jamiyat tarkibiga yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan 6 ta Mintaqaviy temir yo’l uzellari kiradi. Ularga stansiyalar, yo’l masofalari, signalizasiya va aloqa, energota’minot, lokomotiv va vagon depolari, vagonlarni texnik va tijorat tekshirish punktlari kiradi.
2002 yilda islohot jarayonida, bir qator korxonalar Ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga o’zgartirildi: konteynerlarda yuk tashish bo’yicha “O’ztemiryo’lkonteyner”OAJ, muzlatgich bo’limlarda tez buziluvchan mahsulotlarni tashish bo’yicha “Yo’lreftrans” OAJ, xalqaro, mahalliy va shahar atrofiga yo’lovchilarni tashish bo’yicha “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ, yuk vagonlarini ta’mirlash bo’yicha “O’ztemirvagon” OAJ, yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash bo’yicha “TashVQТZ” OAJ.
Olib borilayotgan islohotlar menejmentni takomillashtirishga, boshqaruvning korporativ usullarini joriy etishga, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmining oshishiga, ularning sifatini oshirishga, investitsiyalarni jalb qilishga, sof daromadni oshirishga va asosiy kapitalga kapital qo’yilmalarning muayyan o’sishiga sabab bo’ldi.
Mustaqillik yillari davomida O'zbekistonda yangi po’lat izlarni (magistral) shakllantirish bo’yicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum cho’llarida Navoiy-Uchquduq-Sultonuvaystog’-Nukus temir yo’llari qurildi, Amudaryo orqali temir yo’l-avtomobil qo’shma ko’prigi barpo etildi, murakkab tog’ sharoitida Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’li qurildi.
Biz mavjud bo’lgan temir yo’l tarmog’ini modernizatsiyalashga ham muhim ahamiyat beramiz. Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablag’lari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yo’llar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 kmdan ortiq bo’lgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. To’qimachi-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yo’l liniyalarini qurish ishlari yakunlandi.
Jamiyat lokomotiv parklarini, yo’lovchi va yuk vagonlarini yangilash bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalarida yo’lovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan jihozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar.
Yuk va yo’lovchi vagonlarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziya va sertifikatlar olingan, vagonlar standartlarga va 1520 mm li temir yo’l oralig’i talablariga javob beradi, sanoat korxonalarida sifat menejmenti tizimi ISO 9001-2000 joriy qilingan. Hozirgi vaqtda vagonlar MDH mamlakatlari temir yo’llari orqali harakatlanyapti.
Temir yo’lda elektr tortishning teplovoz tortishga nisbatan ishonchli va samaradorligiga shubha yo’q. Umuman olganda, elektrovozlar oddiyroqdir, ekspluatatsiya qilish jarayonida qulayroq va ayniqsa shahar sharoitida muhim omil bo’lgan narsa- atrof muhitni kamroq ifloslantiradi.
O'zbekiston temir yo'llarni doimiy oqimda elektrlashtirish 1971 yilda boshlangan. Xorijiy investitsiyalar va "O'zbekiston temir yo'llari"AJning o’z mablag’lari evaziga amalga oshirilgan so'nggi loyihalaridan biri To'qimachi temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish edi.Ushbu temir yo'l uchastkasini foydalanishga topshirish evaziga elektrlashtirilgan uchastkalarning umumiy uzunligi 1601 km ga yetdi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo'l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi.
Butun uchastka bo’ylab yangi texnologiyalar- SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, o’q va telekommunikatsiya electron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr ta’minot tizimi poezdlarning soatiga 160 kmgacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan.
Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo’lgan 3 ta ko’prik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektrta’minot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi ekspluatatsiya harajatlarini 1.8 barobar kamaytirishga, mintaqada ekologik vaziyatni yahshilash va 50 ta qo’shimcha ish o’rinlarini ochish bilan bandlik muammosini hal qilishga sabab bo’ldi. Yangi elektrlashtirilgan bo’lim temir yo’llarning o’tkazuvchanlik salohiyatini oshirdi, yuk va yo’lovchilarni yetkazib berish vaqtini qisqartirdi, dizel yoqilg’isini harajatlarini kamaytirdi.
Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirilmoqda.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’l transportida yo’lovchilarni tashishni takomillashtirish maqsadida hukumat ko’magida “Yo’lovchi lokomotivlar parkini yangilash” investitsion loyihasini amalga oshirish yakunladi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida lokomotiv parki 15 ta yo’lovchi elektrovozlarga ko’paydi.
Loyihani amalga oshirish poezdlar harakatini 100 kmdan 160 km tezlikkacha oshirish hisobiga yo’lovchilarning safar vaqtini qisqartirishga sabab bo’ldi va boshqa transport turlariga nisbatan temir yo’l orqali yo’lovchi tashish afzalligini ta’minladi. Elektrovozlarga yetkazib beriladigan asinxron dvigatellar (ASD)ni qo’llash poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat iste’molini 22 % ga qisqartirishga olib keldi.
Bundan tashqari, rekuperativ tormozlanishni qo’llash iqtisod qiligan elektr quvvatning tortish tarmog’iga qaytib kelishini ta’minlaydi, bu poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat harajatlarini kamayishiga olib keladi.
Yangi elektrovozlarning ta'mir aro umumiy yo'l bosish ko'rsatgichlaridagi yuqori ekspluatatsion tavsiflari, elektrovozlarni texnik xizmat ko'rsatish harajatlarini yog'-moy va boshqa yonilg'i komponentlarini kam iste'mol qilish hisobidan amalda yarim baravarigacha qisqartiradi.
Yangi Toshguzar –Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’l liniyasi tog’li hududda qurilgan birinchi liniya hisoblanadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy chegarasi vazifasini o’tovchi 1800 m balandlikdagi tog’ni kesib o’tadi. 10-18.5 % qiyalikdagi yo’llarning uzunligi tahminan 64 kmni tashkil etadi, 5-10 ‰ qiyalikda tahminan 35 km. Yangi temir yo’l qurilish trassasida 37 ta ko’prik, galereya va tunnel barpo qilingan.
Ko’prik qurilish zonalari kuchli ajralma relefli Hisor to’g tizmalari bilan ifodalanadi. Akravat dovoni yaqinida trassa Chashmaihafizan, Akravat, Sho’rab, Sherobod Daryo vodiylari bo’ylab o’tadi. Tog’ qiyaliklari asosan 1.3-1 tikkalikka, daryo vodiylari- baland cho’qqilarning keskin o’zgarishlari va juda tik tog’ yon bag’irlari 18,5‰ qiyalikka egadirlar.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatda uzun metall ko’priklarning qurilishi ilk bor amalga oshirilgan edi. Bizning mamlakatimizda metall ishlab chiqarish va o'rnatish tajribasi bundan oldin faqat bir misol bilan bog'liq bo’lgan va u Amudaryo ustidan o’tkazilgan ko'prikdir.
Yangi liniyalarda metal ko’priklarning qurilishi sifat nazorati va qurilish jadvaliga rioya qilish uchun yetarli tajribaga ega bo’lgan Yaponiya kompaniyalari texnologiyalari yordamida o'zlashtirildi.
Yangi Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo’lining ishga tushirilishi turli sanoat sohalarining rivojlanishda, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari transport xizmatlari rivojlantirishda, Respublikaning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlikni oshirish hamda sezilarli darajada transport va iqtisodiy aloqalarni butun chizmasini o'zgartirishda qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
Yangi temir yo'l liniyasi qurilishini amalga oshirishning muhim natijasi bu loyihaning to'liq O'zbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan amalga oshirilganligidir. Turli darajadagi rahbarlar, dizaynerlar, muhandislar, quruvchilar, montajchilar, turli ixtisoslikdagi ishchilar, haydovchilar, mexaniklar va temir yo'l qurilishida ishtirok etgan boshqa mutaxassis ishchilar baland to’glarda qiyin iqlim sharoitida qurilish ishlari, ko'priklar, galereyalar va boshqa murakkab inshootlarni qurish-montaj ishlarini olib borish sohasida bebaho tajriba orttirdilar.
Quruvchilar zamonaviy texnologiyalar va usullar bilan ish ko'nikmalarini olishgan, ular turli uskunalar bilan ishlashni o'zlashtirishdi. Bu temir yo'l infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim hissa bo'ladi chunki Afg'onistondagi Hayraton -Mozori Sharif yangi temir yo'l liniyasi qurishda ushbu orttirilgan tajriba mutaxassislarga as qotdi.
2003 yil iyun oyida, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston prezidentlari Transafg'on transport yo'lagi tashkil etish to'g'risida bitim imzoladi. Bu masalani Afg'oniston yirik shaharlarini ulaydigan Hayraton- Mozori Sharif - Hirot - Qandahor yo'nalishi bo'yicha yangi temir yo'llar qurish bilan hal qilinishi mumkin va O'zbekiston va Eron avtomagistrallariga chiqishni ta’minlaydi. Kelajakda Pokistonga chiqadigan Mozori Sharif-Qobul yo’nalishida temir yo’l qurilishi mumkin, natijada O’zbekiston orqali Afg’oniston 3 ta yirik mintaqani bog’laydi,shimolda Turkmaniston, Qozog'iston, Rossiya,sharqda Pokiston va Hindiston hamda g'arbda Eron.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ va Afg'oniston Islom Respublikasi Hukumati o'rtasida Hayraton- Mozori Sharif temir yo'l qurish loyihasi shartnomasi imzolandi. Qurilishga rasmiy start 2010 yil 22 yanvarda berildi, 2010 yil 4 noyabrda temir yo’l buyurtmachiga topshirildi. Bu temir yo’l liniyasini qurishda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning O'zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirgan birinchi loyihasidir. Loyiha Afg'oniston O'zbekiston chegarasida Hayraton temir yo'l stantsiyasi va Mozori Sharif shahri o’rtasida yangi bir yo’lli temir yo’l liniyasini qurish, Hayratondagi stantsiyani modernizatsiya qilish, Mozori-Sharif aeroporti yaqinida ayri yo’l(raz’ezd) qurish va yangi yuk hovlining qurilishini o'z ichiga oladi.
Bu liniyaning uzunligi 75 km, yo’lning ustki qatlamini yotqizish-105 km, shuningdek buning ichida 20 km stantsiya yo’llari. Trassa sug'orilmaydigan zonada trassa bo’ylab 9‰ maksimal qiyalikda hudud tekisliklaridan o’tadi, 5 stantsiya va 34 dona sun’iy inshootlar qurilgan.Hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda qum uyumlairdan himoya qilish qurilmalari barpo etildi.
Hayraton - Mozori-Sharif yangi temir yo'l liniyasi Afg'onistonning eng rivojlangan va aholi zich joylashgan shimoliy viloyatlarini temir yo’l tashishlarini ta’minlamoqda va mintaqada qishloq xo'jaligi, sanoat, tabiiy gaz va gidroenergetika rivojlantirishga hissa qo'shadi. Temir yo'l Afg'onistonning shimoliy viloyatlari va O'zbekiston o'rtasida minimal chiqim bilan yuk tashishni amalga oshirishni ta’minlaydi, shuningdek, mintaqaning boshqa davlatlari bilan ham.Bundan tashqari, temir yo'l taxminan 1,5 ming kishini doimiy ish joyi bilan ta'minlaydi.
Ushbu temir yo'l uchastkasini qurish kelajakda Shibergan, Anhoy, Maimana va Hirot orqali o'tadigan Transafg’on yo’lagining yaratilishidagi birinchi bosqich bo’lib, keyinchalik Afg'oniston va O'zbekistonga Bandar Abbos va Chahbahar (Eron), Karachi (Pokiston) portlariga chiqish imkonini beradi. Bu yo'lak orqali to’g’ridan to’gri temir yo'l harakatini tashkil qilish Janubi-Sharqiy Osiyodan kelayotgan yuklarni Yevropaga Uzoq Sharq temir yo’l koridorlarga nisbatan qisqaroq yo’l orqali tashish imkonini beradi.
Poezdlarning tezligini oshirish temir yo'l transportining asosiy vazifalaridan biri bo'lgan. Globallashuv va yuqori texnologiyalarning rivojlanish sharoitida temir yo’l orqali tashish xalqaro va mahalliy transport aloqalarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni, yaxshi yo’lga qo’yilgan transport ko'magisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Sanoat korxonalari, qurilish va qishloq xo'jaligining mehnat faoliyati, odamlarning kayfiyati va ularning mehnat samaradorligi ko'p jihatdan uning aniqliligi va ishonchliligiga bog'liqdir.
Yo'lovchi tashish temir yo’l faoliyatining muhim qismidir. O'zbekiston Respublikasi Hukumati va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ mijozlarga xizmat ko’rsatish darjasini oshirish va yo'lovchi transportlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda.
O'zbekiston kompleks transport tizimida yo'lovchi temir yo'l transporti aholiga xizmat ko’rsatishda yetakchi o'rinni egallaydi.Yo’lovchilarni tashish texnologik jarayoni aholiga ommabop xizmat ko’rsatish bilan uzviy bog’liqdir. Bu aholining tashishlardagi ehtiyojlari va transport vositalari mavjudligi o'rtasida muvozanatni saqlab qolishni doimo talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Hukumati yo'lovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, temir yo'l infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratganligi bois, Ispaniya tomonidan Toshkent-Samarqand yo'nalishi bo’ylab tezyurar yo'lovchi tashish tashkil qilish bo’yicha taklif kiritildi.
2009 yilning iyul oyida, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va "Talgo" kompaniyasi o'rtasida temir yo'l sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.
Bu Memorandum asosida tomonlar O'zbekiston Respublikasida tezyurar temir yo'l yo'lovchi tashish tashkil etish loyihalar va qo'shma tadqiqotlarda, shuningdek, yuqori tezlikdagi "Talgo" yo'lovchi poezdi sotib olish haqida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Yangi tezyurar poezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo’yildi.
2011 yil 8 oktyabrdan «Afrosiyob» (Ispaniya kompaniyasi Talgo) tezyurar poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli xabar bilan ishga tushirildi.
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko’rsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o'rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o'n besh daqiqa ichida 344 km temir yo'l masofasini bosib o’tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
«Afrosiyob» tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi:
- 2 VIP klass vagon (vagonda 11 o'rin);
- 2 Biznes klass (vagonda 26 o'rin);
- 4 ekonom klass (vagonda 36 o'rin);
- 1 vagon-bistro
Poezdga zamonaviy ko'rinishni, avvalo, uning aerodinamik, ta'sir bosim to'lqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan o'rindiqlar va o’rnatilgan stol, shuningdek video ko'rish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi.
Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek an'anaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yo’l xodimini chaqirish tugmasi o’rnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda bo’lganligi nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi.